Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Terma jamoa yordamchi murabbiyi: “Eronga qarshi tarkib va rejani Katanes hal qiladi”

Terma jamoa yordamchi murabbiyi: “Eronga qarshi tarkib va rejani Katanes hal qiladi”

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy yordamchisi Vlado Radmanovich hamda jamoa hujumchisi Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Ertaga Eron bilan o‘ynaymiz. Ushbu jamoa bilan o‘yin doimo qiziq va qiyin bo‘lgan. Sababi Eron Osiyodagi yetakchi jamoalardan biri. Biz ular bilan ko‘p bora to‘qnash kelganmiz va ular haqida ko‘p narsa bilamiz. Afsuski, Katanes sog‘ligidagi muammo sabab qatnasha olmayapti. Biz uning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qilamiz.

Eron qarshi o‘yinda qanday taktika kutamiz? O‘yinga taktikani ertangi o‘yin oldidan mashg‘ulotda futbolchilarning jismoniy va psixologik holatidan kelib chiqqan holda tanlaymiz. Hujumkor yoki himoyaviy o‘yin ko‘rsatishimiz o‘shanda ma’lum bo‘ladi. Bizda 2-3 taktik sxemalar mavjud. Biz ertaga 3 yoki 4 himoyachi bilan o‘ynashimiz mumkin. Hujumchilar borasida ham bitta yoki 2 hujumchi bilan o‘ynash variantini ko‘rib chiqamiz.

Oston O‘runov bilan ham hammasi joyida. Legionerlar bilan muammolar yo‘q. Ularning o‘yin amaliyoti jismoniy holati yaxshi.

Srechko Katanes bilan doimiy aloqadamiz. Albatta, o‘yinga taktika va tarkibni u hal qiladi. Uchrashuv davomida ham u bilan aloqada bo‘lamiz. O‘yin davomida o‘zgarishlar kiritishni ham u bilan hal qilamiz", deydi Katanesning yordamchisi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Eron uchrashuvi ertaga “Bunyodkor” stadionida 19:00da boshlanadi.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!