Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

“Tengiz” filmi uchun gid: xiyonatdan boshlangan qahramonlik

“Tengiz” filmi uchun gid: xiyonatdan boshlangan qahramonlik

* “Tengiz” filmi erining xiyonatidan so‘ng baxtsiz hodisa sabab poyezd ostida qolib nogironga aylangan ayolning keyingi hayoti haqida hikoya qiladi.

* Kartinani “Arosat”, “Quduq” kabi filmlar rejissyori Mansur Abduxoliqov suratga olgan.

* Rejissyor bu gal ham odatiga xos ravishda bir inson taqdiri orqali jamiyatimizdagi og‘riqli muammolarni ko‘tarib chiqqan. Filmni ko‘rish davomida bu muammolar nimalar ekanini anglab yetasiz. Darvoqe, film bosh qahramonining ismi ssenariyda Marjon edi, keyinchalik rejissyor uni Tengizga aylantirgan. Xiyonatga uchragan Tengiz. Film esa Mo‘ynoq tumanida suratga olingan...

* Filmda bosh qahramonning shaxs sifatida shakllanishida tirgak bo‘lguvchi dugonasi rolini taniqli aktrisa Feruza Saidova o‘ynagan.

* "Tengiz" badiiy filmi o‘zbek va qoraqalpoq tillarida namoyish qilinadi.

* Ba’zan xorij filmlarida suratga tushish uchun aktrisalarning qanchadir kiloga ozgani, semirgani, qiyin jismoniy mashqlarni bajargani haqida o‘qiymiz. Aslida o‘zbek aktrisalari ham o‘z kasbi uchun ko‘p fidoiyliklar qila olishadi. Masalan, filmni suratga olish davomida o‘ta issiq harorat sababli bosh rol ijrochisi aktrisa Sitora Farmonovaning yuragi qattiq bezovta qilishiga qaramay, s’yomkani davom ettirgani aytildi.

Kiritildi: 22:50 23.02.2020. O'qildi: 4978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!