Qonunchilikka ko‘ra, "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik liseylari bitiruvchilariga OHTMga o‘qishga kirishda Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz berilishi belgilangan.
Shuningdek, "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik liseylarini imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibida "Temurbeklar maktabi" bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha OHTMga test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi beriladi.