Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Tehrondagi havo hujumlari natijasida 46 mingdan ortiq bino zarar ko‘rdi

Tehrondagi havo hujumlari natijasida 46 mingdan ortiq bino zarar ko‘rdi

AQSh va Isroilning 28 fevraldan 2 aprelgacha bo‘lgan havo hujumlari Tehronda 46 437 ta turar-joy va tijorat binolariga zarar yetkazdi.

Bu haqda Khabar Fouri Eron Qizil Yarim Oy Jamiyatiga tayanib xabar berdi.

"Viloyatlarda jami 117 239 ta fuqarolik infratuzilmasi ob’ekti, 93 544 ta xususiy turar-joy binosi va Tehronda 46 437 ta turar-joy va tijorat binosi zarar ko‘rgan", deyiladi bayonotda.

Zarar ko‘rgan binolar orasida 316 ta tibbiyot va sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek, tez tibbiy yordam markazlari bor edi.

"763 ta maktab, 18 ta Qizil Yarim Oy markazi, 48 ta transport vositasi va uchta qutqaruv vertolyoti zarar ko‘rgan", deb ta’kidladi tashkilot.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!