Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tehron aeroportidagi barcha reyslar bekor qilindi

Tehron aeroportidagi barcha reyslar bekor qilindi

Tehrondagi Imom Humayniy aeroportidan barcha reyslar bekor qilindi. Bu haqda Eron davlat axborot agentligi ISNA aeroportning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga tayanib xabar bermoqda.

"Imom Xomayniy aeroporti normal holatda, biroq mavjud vaziyat tufayli barcha reyslar bekor qilindi", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, parvozlar vaziyat barqarorlashganidan keyin va Eron fuqaro aviasiyasi tashkiloti tegishli ruxsatnoma berganidan keyin qayta boshlanadi.

Kiritildi: 08:30 13.06.2025. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!