2024 yil 16 noyabr kuni soat 03:35 larda "Namangan" YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelgan haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Z.I. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasining salonida jami 12 dona "Iphone 16 pro" telefon qurilmalari olib ketilayotganligi, ushbu qurilmalarga oid tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan.
Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qurilmalar hamda fuqaro Z.I. Pop tumani Soliq inspeksiyasi xodimlariga surishtiruv ishlarini davom ettirishlik uchun topshirilgan.