Oxirgi kunlarda Tbilisida namoyishchilarning harakatlari tufayli 100 nafardan ortiq, jumladan, o‘tgan tunda 20 nafardan ortiq huquq-tartibot idoralari xodimlari jarohat oldi.
Bu haqda Gruziya ichki ishlar vazirligi xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, 1-2 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan aksiya ishtirokchilarining zo‘ravonlik harakatlari oqibatida 21 nafar IIV xodimi tan jarohati olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“So‘nggi bir necha kun ichida norozilik namoyishlari oqibatida Ichki ishlar vazirligining 113 nafar xodimi tan jarohati oldi, ulardan 4 nafari klinikada qolmoqda”, deyiladi IIV xabarida.
Gruziya parlamenti oldida kecha boshlangan va hozir ham davom etayotgan aksiyada namoyishchilar polisiyaga toshlar, yoqilgan buyumlar, shisha butilkalar va metall buyumlar uloqtirgan, shuningdek pirotexnika vositalaridan foydalangan, deb xabar beradi report.az.
“Ichki ishlar vazirligi yana bir bor namoyishchilarni tinch namoyishga chaqiradi, noqonuniy harakatlar polisiya tomonidan bostiriladi”, deya qo‘shimcha qildi departament.