Tayvanda golf koptoklari ishlab chiqaruvchi zavoddagi portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi.
98 kishi jarohatlangan, yana besh kishi bedarak yo‘qolgan. Halok bo‘lganlar orasida uch nafar o‘t o‘chiruvchi ham bor. Mahalliy hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, voqea joyidan sanoat kimyoviy moddalari hidi kelmoqda.
Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, qo‘shni uylarning derazalari singan. Prokuratura allaqachon tergovni boshlagan.