Tayvan qurolli kuchlari orolga yaqinlashib kelayotgan Xitoy Xalq armiyasining 25 ta samolyoti va 9 ta kemasini qayd etdi.
Bu haqda Tayvan mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
"Tayvan atrofida harakat qilayotgan 25 ta PLA samolyoti va 9 ta PLA harbiy-dengiz kuchlari kemalari mahalliy vaqt bilan soat 06:00 ga qadar aniqlangan", — deyiladi nashrda.
"19 ta samolyot o‘rta chiziqni kesib o‘tdi va Tayvanning shimoliy, janubi-g‘arbiy va sharqiy havo mudofaa zonalariga kirdi. Biz vaziyatni kuzatdik va shunga mos ravishda javob qaytardik", — deyiladi matnda.