Tayvan Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etish niyatida.
Bu haqda orol ma’muriyati rahbari Lay Sinde AQSh Kongressi Vakillar palatasi tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Maykl boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Biz mintaqaviy tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyotni birgalikda himoya qilish uchun AQSh va boshqa hamfikr davlatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishda davom etamiz», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Sinde 20 may kuni Tayvan rahbari lavozimini egallagan edi.