Boks afsonasi Mayk Tayson 16 noyabr sanasida bloger-bokschi Jeyk Polga qarshi ringga ko‘tarilgan edi. O‘sha jangda 58 yoshli «Temir Mayk» 27 yoshli raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘yishiga qaramasdan, tarixiy jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar berdi Boxing Social.
Sakkiz raund mobaynida Mayk Taysonning 97 ta zarbasidan atigi 18 ta aniq chiqdi. O‘sha kuni Tayson Pol bilan emas, balki vaqtga qarshi jang olib bordi, deyishdi ko‘p tahlilchilar.
Tayson shu yoshida ringga ko‘tarilganining o‘ziga 20 mln gonorar oldi.
Xo‘sh, rekord nimada?
Mayk Tayson boksda debyut qilganidan qariyb 40 yil (14 499 kun) o‘tib, o‘zidan 31 yosh kichik raqibga qarshi ringga chiqdi. Og‘ir vazndagi jami 111 nafar sobiq va amaldagi jahon chempionlarining hech biri bunchalik davomli professional faoliyatga ega emas.