Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tataristondagi chorvachilik fermasida yuz bergan yong‘in natijasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Tataristondagi chorvachilik fermasida yuz bergan yong‘in natijasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Tataristonning Malorechenskiy qishlog‘idagi chorvachilik kompleksi hududida ishchilar vaqtincha yashashi uchun mo‘ljallangan uy yonib ketdi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘inda 6 nafar ishchi halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yong‘in vaqtida uyda jami 39 kishi bo‘lgan. Bir soat ichida yong‘in o‘chirilgan. Hodisa joyida olti kishining jasadi topilgan. Halok bo‘lganlarning besh nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 13:03 24.12.2024. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!