Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Tataristonda samolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

A A A
Tataristonda samolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Rossiya Federasiyasining Tatariston Respublikasi Lobach tog‘i yaqinidagi Kamskoye Ustye qishlog‘i yaqinida Cessna-17 yengil motorli ekskursiya samolyoti qulashi oqibatida ikki katta yoshli va bir bola halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

- Voqea Lobach tog‘i yaqinidagi Kamskoye Ustye qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. Cessna-17 yengil samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida jami to‘rt kishi bo‘lgan, ulardan uch nafari, jumladan bir bola halok bo‘lgan. Yana bir kishi yaralangan, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Halokatning asosiy sabablari texnik nosozlik va uchuvchi xatosi sifatida ko‘rilmoqda.

Voqea joyiga Rossiya Tergov qo‘mitasining Transport bo‘yicha Markaziy hududlararo tergov boshqarmasi tergovchilari borishdi, . Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi (yo‘l harakati xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish)bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Kiritildi: 18:22 10.07.2024. O'qildi: 1291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!