Eron dengiz floti eng so‘nggi texnologiyalar va murakkab tizimlardan foydalanilgan holda Islom respublikasida ishlab chiqarilgan 13 ta kemani o‘z tarkibiga qo‘shdi.
Bu haqda Eronning Tasnim davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Xurramshahrda Eron portlari va kema qatnovi tashkilotiga kemalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.