Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tashkent City bugundan yana ochildi

A A A
Tashkent City bugundan yana ochildi

Tashkent City bog‘i yana o‘z darvozalarini ochmoqda, kechqurunlari musiqiy favvora ajoyib namoyishlarini boshlaydi, deb xabar bermoqda loyihaning "Instagram" sahifasida.

"20-maydan boshlab, Tashkent City sayilgohi yana mehmonlarni kutib olishga tayyor. Gulli daraxtlar, ajoyib bog‘lar va qiziqarli suhbatlar uchun keng o‘rindiqlar yana barcha tashrif buyuruvchilar uchundir. Kunning shovqinini unuting va dekorativ favvoralar oldida, suvning mayin ohangida shaharning yashil tusga kirgan markazini kuzatib dam oling", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, sayilgohning ba’zi bir majmualari, jumladan, bolalar o‘yin maydonchalari, planetarium, mashhurlar muzeyi va restoranlar vaqtincha yopiq va o‘z ish faoliyatini birozdan so‘ng davom ettiradi. Sayilgohning ish vaqti: 10:00 dan 20:00 gacha.

Sayilgohga barcha tashrif buyuruvchilar tibbiy niqob taqib yurishi va o‘zaro masofani saqlashi lozim. Ikki kishidan ortiq guruhlarga kirish ma’n etiladi, oilaviy tashriflar bundan mustasno.

Kiritildi: 12:12 20.05.2020. O'qildi: 3180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik