Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Tashiyevning ukasi tergov izolyatoriga yuborildi

Tashiyevning ukasi tergov izolyatoriga yuborildi

Avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyevning ukasi, sobiq deputat Shoirbek Tashiyev “Qirg‘izneftegaz”dagi korrupsiya holatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida hibsga olingani xabar qilingandi. Mazkur ish yuzasidan Bishkekdagi Birinchi may tumani sudi Shoirbek Tashiyevga nisbatan hibs chorasini belgiladi. Bu haqda 24 kg nashri xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, u joriy yilning 16 may kunigacha birinchi raqamli tergov izolyatorida saqlanadi. Tashiyevning advokati Jirgal Babayevning ma’lum qilishicha, Tashiyev aybini tan olmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayblov yetarlicha asoslanmagan, shuning uchun himoya sud qaroriga apellyasiya berishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, advokat Tashiyev tergov oldi so‘rovlarda guvohlik bergan va barcha savollarga javob qaytarganini, hozircha saqlash sharoitlariga oid shikoyatlar yo‘qligini bildirgan.

Kiritildi: 19:30 02.04.2026. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!