Erdo‘g‘an Suriyaning yangi prezidenti bilan uchrashdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada Suriya prezidenti vazifasini bajaruvchi Ahmad al-Sharani qabul qildi.
Turk matbuoti uchrashuvda muhim shartnomalar imzolanishini yozmoqda.
"Suriyaning yangi rahbari Ahmad Al-Shara va uning delegasiyasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan Damashqqa do‘stona ishora sifatida jo‘natilgan prezident samolyotida Anqaraga yetib keldi", deya xabar bermoqda Turkiya matbuoti.