Rossiya atom floti tarixida ilk bor ayol atom muzyorar kemasi kapitani bo‘ldi. “RBK” xabariga ko‘ra, Marina Starovoytova dunyodagi eng yirik kemalardan biri — “Yamal” atom muzyorar kemasini boshqaradi. Ushbu kema ikkita yadroviy reaktor bilan jihozlangan bo‘lib, quvvati 75 ming ot kuchiga teng.
“Yamal” kemasi 1992 yilda Sankt-Peterburgdagi Baltika zavodida qurilgan bo‘lib, Arktika loyihasiga mansub. 23 ming tonnalik suv siqib chiqarish quvvatiga ega kema 147 metr uzunlikka va 30 metrga yaqin kenglikka ega. Maxsus 48 millimetrli po‘lat qoplamasi tufayli u eng qattiq muzlarni ham yorib o‘ta oladi. Kema Shimoliy dengiz yo‘li bo‘ylab navigasiyani ta’minlash va Arktika sharoitida ishlash uchun mo‘ljallangan.
Starovoytova 2005 yilda flotga ishga kirib, dastlab atom konteyner tashuvchi “Sevmorput” kemasida faoliyat boshlagan. U avval rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan bo‘lsa-da, so‘ngra dengizchilik sohasiga o‘tib, amaliy ish bilan bir qatorda o‘qishni davom ettirgan. 2014 yilda sudovoditel diplomini qo‘lga kiritgan.
Marina Starovoytova butun martaba yo‘lini bosib o‘tib, matroslikdan savdo flotiga katta yordamchi kapitanga qadar ko‘tarilgan. Endilikda u atom muzyorar kemasiga rahbarlik qilayotgan ilk ayol sifatida tarixga kirdi.