Vakillar palatasida tarixiy voqea ro‘y berdi: tarixda ilk bor transgender ayol saylovda g‘alaba qozondi. Sara Makbrayd Kongressda Delaver shtati vakili bo‘ladi.
Sara Makbrayd Assasiated press ma’lumotlariga ko‘ra, ovozlarning 87 foizi hisoblanganda, Makbrayd 57,8 foiz ovoz bilan respublikachi raqibidan ustun keldi. 34 yoshli senator sentyabr oyida Delaver okrugidagi praymerizda g‘alaba qozongan edi.
Makbrayd 2020 yilda saylanganida shtat senatori lavozimida ishlagan birinchi ochiq transgender shaxs bo‘ldi, 2016 yilda milliy siyosiy partiya qurultoyida birinchi bo‘lib nutq so‘zladi va 2012 yilda Prezident Barak Obama davrida Oq uyda stajirovkadan o‘tgan birinchi shaxs bo‘ldi.
AQSh tarixida birinchi marta Senatda bir vaqtning o‘zida ikkita qora tanli ayol bo‘ladi, deya qayd etadi Politico. Merilend shtatidagi Senat saylovlarida demokrat Anjela Alsobruks, Delaver shtatidagi Senatda esa demokrat Liza Blant Rochester g‘alaba qozondi.