Rossiyalik iqtisodchi Sergey Guriyev Samarqandda o‘tayotgan YETTB yillik sammiti sessiyalaridan birida onlayn chiqish qilgan.
Guriyev savolarga javob bera turib, Rossiyada YAIM qisqarishi kutilganidan kamroqqa qisqargani sabablariga to‘xtalgan. Guriyev bunga sabablardan biri o‘laroq neft va gazga sanksiyalar kechroq joriy qilingani, shuningdek, sanksiyalar ta’sirini yumshatgan Rossiya iqtisodiy blokining qarorlarini sanagan. Rossiyada monetar siyosat yurituvchilar sanksiyalarga uchragan Eron, Venesuela siyosatchilaridan yoki Turkiyada monetar siyosat olib borayotganlardan malakaliroq degan qarashlarni urg‘ulagan.
Guriyev YAIM ko‘rsatkichlari chalg‘ituvchi xarakterlarini tushuntira turib, masalan, 1 milliard dollarlik tanklar yo artilleriya snaryadlari ishlab chiqarish YAIMni 1 milliard dollarga oshirishi, lekin bu yashash sifatiga ijobiy ta’sir etmasligini qayd etgan. Guriyevga ko‘ra, iste’mol talabi va savdo aylanmasining 10%gacha qisqargani Rossiyadagi iqtisodiy holat haqida ko‘proq signal beradi.