Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Taniqli nemis nashri «Berliner Telegraph» O‘zbekistondagi prezidentlik saylovi jarayonlariga bag‘ishlangan material e’lon qildi

A A A
Taniqli nemis nashri «Berliner Telegraph» O‘zbekistondagi prezidentlik saylovi jarayonlariga bag‘ishlangan material e’lon qildi

«23 iyul kuni O‘zbekistonda davlat prezidentiligiga saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi.

(https://saylov.uz/ru/news/2021/08/10/izbiratelnaya-kampaniya-po-viboram-prezidenta-uzbekistana)Markaziy saylov komissiyasi 2021 yil 24 oktyabrni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni, deb belgiladi.

MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevning ta’kidlashicha, saylovlar umume’tirof etilgan xalqaro standartlar, shuningdek, demokratik tamoyillarga javob beradigan yangi milliy saylov qonunchiligi asosida – ochiq va oshkora o‘tkaziladi.

2016 yilgi Prezidentlik saylovlaridan so‘ng o‘tgan besh yil mobaynida mamlakat va xalq hayotida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Nufuzli tashkilotlar ekspertlari ta’kidlaganidek, bu davrda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim islohotlar amalga oshirildi.

«Saylov – 2021» birinchi marta O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkaziladi. Konstitusiyaviy normalar va xalqaro standartlar asosida davlat Prezidenti davriylik tamoyili hamda partiyalararo raqobat sharoitida saylanishi ta’minlanadi.

Saylov kampaniyasi davrida barcha siyosiy partiyalar va ularning nomzodlari uchun teng sharoitlar yaratiladi. Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish ishlari, shu jumladan, ovoz berish jarayoni o‘z nomzodlarini ilgari surgan siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy OAV vakillari tomonidan kuzatib boriladi.

Markaziy saylov komissiyasi, shuningdek, barcha darajadagi saylov komissiyalari Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish borasidagi faoliyatini qonunchilik, mustaqillik, halollik, ochiqlik, shaffoflik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etmoqda.

MSK Matbuot markazi hamda uning hududiy bo‘limlari zamonaviy axborot-kommunikasiya texnikalari bilan to‘liq ta’minlanadi. Matbuot markazi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov – 2021” veb-portali hamda boshqa axborot resurslarini yuritadi», — deyiladi (https://berliner-telegraph.de/de/izbiratelnaya-kampaniya-po-vyboram-prezidenta-uzbekistana/nachrichten/) nashr maqolasida.

Kiritildi: 20:07 11.08.2021. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!