Erling Holand, Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba kabi futbolchilarning agenti Mino Rayola vafot etdi. Bu haqda agentning rasmiy Twitter sahifasida xabar berildi.
Oldinroq 28 aprel kuni Mino Rayolaning o‘limi haqida xabarlar tarqalgandi. Agentning o‘zi Instagram sahifasida bu ma’lumotni rad etgandi.
30 aprel kuni esa agentning oila a’zolari Rayolaning vafot etganini ma’lum qildi.