Buyuk Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislarining aytishicha, bir oyoqda qancha vaqt turishga qarab organizmning qarish darajasini aniqlash mumkin. Bu haqda Metro nashri yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, insonning umri o‘tgani sayin bir oyoqda muvozanatni saqlagan holda tik turish qobiliyati susayib boradi.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bir oyoqda muvozanatni saqlab turish o‘rtacha vaqti turli yoshlar uchun quyidagicha:
80 yoshdan oshganlar bir oyoqda 5 soniyadan sal ko‘proq turishlari mumkin.
Bu usulni sinab ko‘rishda hech narsaga suyanmasdan bir oyoq ko‘tarilgan, qo‘llar sonlarga qo‘yilgan, ko‘zlar ochiq holatda bo‘lishi shart. Sanoq oyoq yerdan uzilganidan boshlanib, yerga tegishiga qadar davom etadi.