Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi oilaning 3 nafar a’zosi ya’ni er-xotin va 5 yoshli bolasi ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan TTBning yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda "Zamon" dasturi xabar qildi.
Aniqlanishicha, ular uy sharoitida tayyorlangan kanservadan zaharlangan. Shifokorlar ularga ovqatdan zaharlanish ya’ni botulizm tashxisini qo‘ygan.
"Endi bunday bo‘lishini bilmagandik. Avvallari qilardik, yeganimizda bunday bo‘lmas edi",- deydi ayol.
Hozirda bemorlar shifoxonada davolanmoqda. Shifokorning ta’kidlashicha, ularning barchasi sshifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan.
Biroq surishtiruvlar davomida ushbu oilaning 4 nafar a’zosi shifoxonaga olib kelingan. Oilaning eng kichik a’zosi shifoxonada vafot etgan.
Onasi farzandini muqaddam talvasa sindromi bilan davolanganligini aytdi.
Shifokorlar ham bolaning o‘limi ovqatdan zaharlanish emasligini ma’lum qildi.
"Marinovka"ni 3 kishi iste’mol qilgan, vafot etgan bolasi iste’mol qilmagan. U bola talvasa sindromi bilan vafot etgan"- deydi shifokor.
Biroq Pastarg‘om tumani SES bo‘limi boshlig‘i shifokorlar bergan ma’lumotni inkor qilib, ushbu oilaning 4 nafar a’zosida ham ovqatdan zaharlanish kuzatilganligini ma’lum qildi,
"U bolaga talvasa sindromi qo‘yilgan. Davolovchi shifokorlar chalg‘igan. Bemorning harorati baland bo‘lganligi uchun talvasaga tushyapti, degan gumonda, noto‘g‘ri tashxis qo‘ygan",- deydi SES bo‘limi boshlig‘i.