Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham Toshkentda propiskaga qo‘yiladi

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham Toshkentda propiskaga qo‘yiladi

Xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilangan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Hukumatning 2018 yil 1 noyabrdagi qarori bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Ma’lumot uchun, ro‘yxatda shu paytgacha 71 ta tashkilot mavjud edi.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 22:39 04.11.2018. O'qildi: 1373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!