Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Ta’lim dargohidagi samarali tadbir

A A A
Ta’lim dargohidagi samarali tadbir

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyalari tomonidan 2022 yil 8 sentyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida muqaddam mazkur o‘quv yurti talabasi hisoblangan shaxsga nisbatan ko‘rilgan jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va shu ish bo‘yicha chiqarilgan xususiy ajrim universitet rahbariyati, o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, so‘ngi vaqtlarda yoshlar o‘rtasida ko‘p sodir etilayotgan giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi, aqidaparastlik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatish hamda jamoat xavfsizligiga qarshi sodir etilayotgan boshqa jinoyatlar tahlili, jinoyatlarni kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish hamda yosh avlod vakillarini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratildi.

Tadbirda universitet prorektori O.Yusufjanov, o‘qituvchilar va talabalar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi

Kiritildi: 17:44 08.09.2022. O'qildi: 2681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!