Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Talabalarning Finlyandiyada ta’lim olish masalalari muhokama qilindi

A A A
Talabalarning Finlyandiyada ta’lim olish masalalari muhokama qilindi

Ta’limda fin tajribasini qo‘llash va Finlyandiya standartlari asosida darsliklar yaratish kabi masalalar keyingi vaqtlarda yurtimizda ko‘p tilga olinadi.

O‘zbekiston – Finlyandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova boshchiligidagi delegasiya ayni kunlarda Finlyandiyada bo‘lib, Turku universiteti prorektori Kalle Antti Suominen va boshqa bir qator mas’ullar bilan uchrashdi.

Unda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, magistratura va doktorantura bosqichida ta’lim integrasiyalashuvini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro kelishuvlarga erishildi, deya xabar beradi O‘zbekiston – Finlyandiya pedagogika instituti axborot xizmati.

– Rivojlanishning eng muhim strategiyasi, bu ta’limni isloh qilishdir, – deydi O‘zbekiston – Finlyandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova. – Hozir mamlakatimizda bu yo‘nalishda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Biz Finlyandiya ta’lim tajribasini o‘rganib, mos jihatlarini tahlil qilgan holda pedagogik amaliyotga joriy etish va shu orqali ta’lim tizimimizni yangilash niyatidamiz. Hamkorlikda olib borayotgan loyihalarimiz tez orada o‘z samarasini berishiga ishonamiz.

Finlyandiyaning Turku universiteti prorektori Kalle Antti Suominen ikki tomonlama hamkorlikdan mamnun ekani, bu Turku universitetining xalqaro aloqalari uchun muhim ahamiyat kasb etishi va har qanday yordamga tayyorligini bildirdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston – Finlyandiya pedagogika instituti talabalari va tadqiqotchilari uchun grant va stajirovkalar tashkil etish masalasi muhokama etildi.

Kiritildi: 11:26 22.10.2023. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!