Moskva g‘arbidagi Michurinskiy prospektida taksi va ikkita yengil avtomobil to‘qnashib ketdi, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohat oldi.
“Michurinskiy prospektida taksi va ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, natijada dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Unga ko‘ra, markaz tomon yo‘lning to‘rt bo‘lagida transport harakati to‘sib qo‘yilgan.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari ishlamoqda.