Hamasning eng nufuzli yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘ldirilishiga munosabat bildirilmoqda. Xamas uning o‘limini tasdiqlab, Isroil «tajovuzi» to‘xtamaguncha garovga olinganlarni qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi. Oq uyning aytishicha, Sinvar sulhga asosiy to‘siq bo‘lgan va uning o‘ldirilishi tinchlik muzokaralari uchun burilish nuqtasidir.