Qozog‘iston Respublikasining «Tajen» (O‘zbekiston Respublikasining «Dovut-ota») chegara o‘tkazish punkti orqali harakat cheklovi joriy yil 1 fevral sanasidan kiritilgan edi.
Shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati bo‘yicha mazkur cheklovlar yana joriy yilning 1 sentyabriga qadar uzaytirildi.
Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, cheklov muddatining uzaytirilishi mazkur o‘tkazish punktlarida muhandislik tarmoqlarini yotqizish, binolarni kapital ta’mirlash, metall konstruksiyalarni o‘rnatish kabi keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani sababli Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy etilmoqda.
Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari «Tajen» (Qozog‘iston) – «Dovut ota» (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.