Malayziya va Tailand shu hafta kutilayotgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlarining yangi to‘lqiniga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda dushanba kuni mamlakat rasmiylari ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.
Avvalgi toshqinlardan so‘ng ko‘chirilgan aholining bir qismi o‘z uylariga qaytdi va zarar ko‘rgan hududlarda vaziyat o‘nglana boshladi, biroq rasmiylar tabiiy ofatlarning yangi to‘lqinini kutyapti.
Malayziyada evakuasiya boshpanalaridagi odamlar soni yakshanba kuni 152,000 dan 128,000 ga kamaygani haqida xabar bergan.
Mahalliy ma’muriyatning ma’lum qilishicha, eng ko‘p zarar ko‘rgan shimoli-sharqiy Kelantan shtati 4 dekabrdan boshlab yana suv toshqiniga duch keladi.
Tailand meteorologiya departamenti janubdagi aholi 3-5 dekabr kunlari kuchli yomg‘irlar, shuningdek, toshqinlar, ayniqsa, tog‘ yonbag‘irlari va tog‘li hududlardagi suv kanallari yaqinidan ehtiyot bo‘lishlari kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Malayziya va Tailandda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, yarim milliondan ortiq xonadon jabrlangan edi.
Rasmiylar buni so‘nggi o‘n yillikdagi eng dahshatli suv toshqini deb hisobladilar.