Tailand janubidagi Pattani provinsiyasida polisiya bo‘limi oldida portlovchi qurilma o‘rnatilishi oqibatida mahalliy mudofaa kuchlarining o‘n nafar tailandlik ko‘ngillisi yaralandi.
Bu haqda Bangkok Post gazetasi ma’lum qildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bomba motosiklga o‘rnatilgan bo‘lib, mahalliy mudofaa kuchlarining harbiylashtirilgan bo‘linmalari vakili bo‘lgan polisiya zobitlari va inspektorlarning ertalabki yig‘ilishi vaqtida portlagan.