Xitoyning “Chan’e-4” kosmik qurilmasida Oyga olib chiqilgan paxta urug‘lari (chigitlar) nish urib chiqdi, deb xabar qildi China Xinhua News.
NASA xalqaro tashkilotining bergan xabariga ko‘ra, Yer shari aholisi to‘liq oy tutilishiga guvoh bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qildi "Darakchi" nashri.
Xitoyning «Chan’e-4» kosmik apparati insoniyat tarixida birinchi marta Oyning teskari tomoniga qo‘ndi. Bu haqda Xitoyning «Sinxua» agentligi tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.
“Feysbuk”dagi tojik faollaridan biri Amrullohi Nizom Tojikistonda oylar nomlarini o‘zgartirishni taklif qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi “Axbor baroi afkor” (Mulohaza uchun axborot) guruhi sahifasida oylarni qayta nomlash bo‘yicha o‘z variantini taqdim qildi. Biroq uning bu taklifi foydalanuvchilarda katta ishtiyoq uyg‘otmagan.
AQShning iste’fodagi serjanti Karl Volf, mahalliy "The Sun" gazetasining xabar berishicha, avtofalokat tufayli halok bo‘lgan. Velosiped boshqara turib, traktor bilan to‘qnashib ketgan. Jarohatlarning ko‘pligi va ancha jiddiyligi bois harbiy kasalxonada vafot etgan.
AQShning Boston shahrida Oydan Yer yuziga tushgan meteorit kimoshdi savdosida sotildi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr».
Xitoyning Chengdu shahri yaqin kelajakda shaharni yoritish uchun Oy shaklidagi sun’iy yo‘ldoshni ishga tushirish niyatida.
Roskosmos Oyga parvozlar uchun “SuperKB” yaratadi. “O‘ta og‘ir raketalarni yaratish bo‘yicha yirik konstruktorlik byurosi tuziladi”, deb xabar berdi Roskosmos rahbari Dmitriy Rogozin "Birinchi" kanalda namoyish qilingan dasturdagi chiqishi chog‘ida.
Oyga sayohat qiladigan ilk havaskor inson yaponiyalik milliarder Yusaku Mayezava bo‘ladi. Ilon Mask bu haqida kompaniyaning Los Anjelesda joylashgan bosh shtab kvartirasida bo‘lib o‘tgan marosimda malum qildi. Hozirda SpaceX bu sayohat uchun maxsus BFR raketasini ishlab chiqarmoqda.
SpaceX kompaniyasi o‘z kosmik kemasida Oy atrofida bir marta aylanishni amalga oshiradigan ilk turistni tanladi, deb yozadi «TASS» kompaniya saytiga tayanib.
Olimlar dalillarga asoslangan holda oy sathida muzlik hudud mavjudligini ta’kidlamoqda.
27 iyul kuni dunyo eng uzun oy tutilishini kuzatib turdi, ravvinlarning fikricha, ushbu hodisa dahshatli voqelarning debochasi ekan.