Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

OAV: Xitoy kosmik apparati Oyning teskari tomoniga qo‘ndi

A A A
OAV: Xitoy kosmik apparati Oyning teskari tomoniga qo‘ndi

Xitoyning Chan’e-4 kosmik apparati insoniyat tarixida birinchi marta Oyning teskari tomoniga qo‘ndi. Bu haqda Xitoyning Sinxua agentligi tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.

Associated Press agentligining Xitoy televideniyesiga asosan aniqlik kiritishicha, apparat Xitoy vaqti bilan soat 10:26da (Toshkent vaqti bilan 6:26) Oyga qo‘ngan.

Xitoy hukumatining qayd etishicha, bu voqea kosmik tadqiqotlar sohasida muhim bosqich hisoblanadi.

Avvalroq, Chan’e-4 Oyga yaqinlashgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Morgan Stanley 2019 yilni kosmos yili deb atagandi.

Kiritildi: 11:11 03.01.2019. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!