Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

SpaceX Oy orbitasiga parvoz uchun ilk turistni tanlab oldi

A A A
SpaceX Oy orbitasiga parvoz uchun ilk turistni tanlab oldi

SpaceX kompaniyasi o‘z kosmik kemasida Oy atrofida bir marta aylanishni amalga oshiradigan ilk turistni tanladi, deb yozadi «TASS» kompaniya saytiga tayanib.

«SpaceX o‘zining BFR (Big Falcon Heavy) transport vositasi bortida Oy atrofida parvozni amalga oshiradigan dunyodagi birinchi yo‘lovchini aniqladi. Bu koinotga sayohat haqida orzu qiluvchi odamlar uchun yo‘l ochishda muhim qadamga aylanadi», — deya ma’lum qildi Ilon Mask rahbarlik qiluvchi kompaniya.

U o‘zining ilk kosmik turisti ismini 17 sentyabr, dushanba kuni oshkor qilishga va’da berdi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 10:23 14.09.2018. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!