Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Kosmik “oq oltin”: xitoyliklar Oyda chigit undirishdi

Kosmik “oq oltin”: xitoyliklar Oyda chigit undirishdi

Xitoyning Chan’e-4 kosmik qurilmasida Oyga olib chiqilgan paxta urug‘lari (chigitlar) nish urib chiqdi, deb xabar qildi China Xinhua News.

Eslatib o‘tamiz, xitoyliklar Oyning ort qismiga Chan’e-4 kosmik qurilmasini muvaffaqiyatli qo‘ndirgan edi. Ushbu qurilmada kartoshka, karam ekinlari urug‘lari olib chiqilgandi.

Birinchi bo‘lib paxta urug‘lari (chigitlar) nish urib chiqdi. Bu Oy sirtida ilk marotaba amalga oshirilgan biologik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tganligi haqida tadqiqot rahbari professor Lyu Xanlun ma’lum qildi.

Ushbu qurilma oyda atrof-muhit va turpoqni o‘rganadi. Bundan tashqari, u bir qator past-chastotali radio astronomik kuzatuvlarini o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:26 15.01.2019. O'qildi: 2028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!