Bugun 2 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tadqiqot: Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini samarali tiklash yo‘li topildi

 Tadqiqot: Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini samarali tiklash yo‘li topildi

🫀 Yurak xurujini o‘tkazgan bemorlarda ko‘pincha kasallikdan so‘ng zararlangan mushaklar o‘rni chandiq bilan qoplanadi. Bu esa yurakning organizmga qon haydash qobiliyatini zaiflashtiradi va yurak yetishmovchiligini yuzaga keltiradi.

📰 Buyuk Britaniyada chop etiladigan “Nature Cardiovascular Research” xalqaro jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak to‘qimasi tiklanishida muhim rol o‘ynaydi.

🔬 Olimlar tomonidan jonivorlarda o‘tkazilgan tajriba jarayonida suyak ko‘migining immun hujayralari GPR39 molekulasi bilan birgalikda yurak faoliyatini tiklashga yordam beruvchi GPNMB oqsili ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi.

➡️ Sinov chog‘ida quyidagi tahlillar qo‘lga kiritildi: infarktdan keyin bir oy o‘tgach, GPNMB oqsilidan mahrum bo‘lgan hayvonlarning 67 foizida yurak sohasida kuchli chandiqlar kuzatildi.Oqsil darajasi me’yorida bo‘lgan jonivorlarda esa bu ko‘rsatkich atigi 8 foizni tashkil etdi.

✅ Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, ushbu yangilikdan yurak xuruji asoratlarini bartaraf etuvchi yanada samarali dori vositalarini yaratishda foydalanish mumkin.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!