Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “L.P.” MCHJ sobiq hisobchisi F.M. MCHJ nomidan shartnoma tuzishga berilgan vakolatdan foydalanib, “H-P.” MCHJdan xarid qilingan 17,5 tonna metall mahsulotlarini kirim qilmasdan boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, tadbirkorning 220 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.