my3.soliq.uz tizimdagi texnik nosozlik sababli solishtirma dalolatnoma bo‘yicha vaqtincha noto‘g‘ri ma’lumotlar (soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘ yechib olinishi va hokazo) aks etishi mumkin. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Vaziyat nazoratga olingan. Hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha ma’lumotlar tiklanadi, noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar qaytariladi.
Tushunganingiz uchun rahmat!" - deyiladi qo‘mitaning rasmiy bayonotida.
Qo‘shimcha: Pulni qaytarish uchun yozma murojaat taqdim etish talab etilmaydi — mablag‘lar avtomatik tarzda qaytariladi.