Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tadbirkordan 500 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan o‘rinbosar ushlandi

Tadbirkordan 500 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan o‘rinbosar  ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent tuman bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “M.O.H” MCHJning Toshkent tumani uy-joy kommunal xo‘jaligi ekspluatasiya bo‘yicha boshliq o‘rinbosari SH.K. “N.F.” MCHJning ichimlik suvidan 7,9 mln so‘mlik qarzdorligini elektron tizimga kiritmaslik hamda qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:28 03.12.2021. O'qildi: 2751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!