Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqa

A A A
Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqa

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “E.J.” MCHJ rahbari M.X. Zangiota tumani “Bo‘zsuv” QFYdagi yem ishlab chiqarish sexida bug‘ qozonlarini hech qanday hujjatsiz o‘g‘rilik yo‘li bilan umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ulab, jami 166,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.N.” fermer xo‘jaligi rahbari N.S. “Yangiobod” MFYdagi dala maydoniga o‘rnatilgan elektr hisoblagich plombalariga qasddan shikast yetkazib, suv nasoslarini o‘g‘rilik yo‘li bilan elektr tarmog‘iga ulab, jami 149,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro SH.R. “Urganji” MFYdagi umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga qo‘lbola usulda yasalgan burg‘ulash uskunasini o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 108,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 09:47 30.11.2023. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!