Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tabiiy gaz "o‘g‘rilari" qo‘lga tushdi

Tabiiy gaz "o‘g‘rilari" qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.CH. “Pargos” MFY hududidagi xonadonda tabiiy gaz hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 227 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Furqat tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.X. xonadonida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 107,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:25 20.11.2026. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik