Bugun 12 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tabiatga zarar yetkazmang, jarimasi “chaqadi”

Tabiatga zarar yetkazmang, jarimasi “chaqadi”

Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Termiz shahridagi Guliston mahallasining yo‘l chetidagi tut daraxti kesib ketilgani haqida murojaat kelib tushdi.

Tabiat qo‘riqchilari Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari bilan o‘rganish olib borganida shu mahallada yashaydigan Adham Dolliyev (ism-shariflar o‘zgartirildi) qo‘shnisi yo‘l chetiga ekib qo‘ygan va o‘suvchanligini yo‘qotmagan tut daraxtini kesib tashlagani aniqlandi.

Qonunbuzilish yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiat kushandasiga 750 ming so‘m yetkazilgan zarar hisoblandi, 9 million 375 ming so‘m ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.

Yana bir holatda boshqarmaning Uzun tumani bo‘limi davlat nazoratchilari o‘tkazgan reyd tadbirida Fayzobod mahallasida yashaydigan Nomoz Xoliyorov o‘zining maxsus texnikasi bilan Surxon daryosi o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotganiga duch kelib qoldi.

Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, daryo o‘zaniga o‘zboshimchalik bilan “chang” solgan shaxs bu qilmishi bilan tabiatga besh million so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Shuningdek, bu mablag‘ga qo‘shimcha 11 million 250 ming so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 15:08. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!