O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ikkinchi bandida har yili so‘z ustalari va qiziqchilar o‘rtasida “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanlovi hamda askiya kechalari o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, askiya va milliy qiziqchilik san’atimizni jahon miqyosida targ‘ib qilish maqsadida har ikki yilda bir marta “Tabassum” xalqaro kulgi festivali o‘tkaziladi. Har yili askiya va qiziqchilar jamoalarining mahalliy gastrol safarlari uyushtiriladi.