Surxondaryo viloyati hokimi Yaponiyada “Ventforet Kofu Sport” klubi prezidenti Satoru Sakuma bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2023 yil iyun oyida «Surxon» va «Ventforet Kofu» futbol klublari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanganligini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu hamkorlik orqali Osiyoda futbol salohiyati yuqori bo‘lgan Yaponiya tajribasini Surxondaryo viloyati yoshlariga o‘rgatish, vohamizda ushbu sport turini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilishni taklif etamiz – deya ta’kidladi Surxondaryo rahbari uchrashuv avvalida.
Muzokaralar davomida Surxondaryo viloyatida futbol akademiyasini tashkil qilish, futbol maktablarini rivojlantirish, Yaponiyadan futbolchi va trenerlar yuborishga ko‘mak berish, «Surxon» va «Vanfore Kofu» futbol klublari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari, o‘yinchilar almashinuvi, akademiyalarda o‘qishni tashkil qilish, o‘yinchilar va trenerlar almashiniuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Yakunda o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.