Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Surxondaryoda To‘palang suv omboridan ichimlik suvi uchun 361 km quvur tortiladi

A A A
Surxondaryoda To‘palang suv omboridan ichimlik suvi uchun 361 km quvur tortiladi


“To‘palang” suv omborining quyi qismida bosimni so‘ndirish, suvni tozalash va tarqatish inshootlari quriladi. U yerdan tumanlardagi suv taqsimlash uzellarigacha jami 361 kilometr quvur tortiladi. Bu tizim samarasida Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rog‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1 million 700 ming aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.

Loyihaning umumiy qiymati 138 million dollar bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Uni 2024 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyati aholisining 46 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. Mavjud ichimlik suvi infratuzilmasi eskirgan, suv sho‘rlangan.

Kiritildi: 21:57 11.08.2021. O'qildi: 2769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!