Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda "Spark" va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Surxondaryoda "Spark" va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida "Spark" va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 28 yanvar kuni soat 4:10 larda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lida yuz bergan.

Tez yordam mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganda "Spark" haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib unga to‘qnashib ketgan.

Oqibatda "Spark"ning 22 yoshli haydovchisi olgan og‘ir tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Tengdoshi bo‘lgan yo‘lovchisi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.

Kiritildi: 13:48 29.01.2023. O'qildi: 1919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!