Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda qaror va buyruq talablarini buzgan IIB xodimi lavozimidan ozod etildi

Surxondaryoda qaror va buyruq talablarini buzgan IIB xodimi lavozimidan ozod etildi

2020 yilning 18 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Termiz shahrida GAI xodimi nima uchun haydovchiga yalinmoqda?" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan sahifamizda Surxondaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqidagi munosabat joylangan edi. 

O‘tkazilgan xizmat tekshiruvida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida"gi Nizomi hamda IIVning me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimi B.Izbasarov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qabul qilindi.

Kiritildi: 11:53 08.01.2021. O'qildi: 2926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!