Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda pravasiz 19 yoshli haydovchi 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Surxondaryoda pravasiz 19 yoshli haydovchi 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi



🟢2024 yil 17 sentyabr kuni soat 03:15 larda viloyat IIB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra Sariosiyo tumani, “Shabnam” MFY hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lining 1463 kilomktrida 2004 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro “Neksiya-2” rusumli transport vositasini “Denov-Sariosiyo” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelib qarama-qarshi bo‘lakdan harakatlanib kelayotgan 2005 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan haydovchi boshqaruvidagi “VAZ-2107” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib YTH sodir etgan.

🔍 Hodisa joyidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, VAZ-2107 rusumli avtomobil salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi (haydovchining sinfdoshlari) vafot etib, ikkala avtotransport vositasidagi qolgan yo‘lovchilar tan jarohati olib tuman Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

🔹Hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tuman IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:08 18.09.2024. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!