Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda maktab o‘qituvchilaridan Sardoba uchun 10 000 so‘mdan 30 000 so‘mgacha pul olingan

Surxondaryoda maktab o‘qituvchilaridan Sardoba uchun 10 000 so‘mdan 30 000 so‘mgacha pul olingan

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktab o‘qituvchilarining bir kunlik ish haqi Sardobaga, yana bir kunligi maktablarni ta’mirlash uchun o‘tkazilganligi haqida xabar tarqalgandi. Surxondaryo viloyati Xalq talimi boshqarmasi xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi. 

Mazkur holat Sariosiyo tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Natijada tuman xalq ta’limi tizimida ishlaydigan xodimlar tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida Sirdaryo viloyatidagi suv to‘g‘onida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga moddiy jihatdan ko‘maklashish maqsadida har bir hodimdan 10 000 mingdan 30 000 ming so‘mgacha pul mablag‘i yig‘ilib, bank orqali o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Maktablarni ta’mirlash uchun esa o‘qituvchilarning ish haqidan pul ushlab qolinmagan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Ushbu surishturuv yakunlanganidan keyin qo‘shimcha ma’lumot beriladi. 

 

Kiritildi: 14:23 30.05.2020. O'qildi: 3278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!